Город: Ташкент
Зарплата:
от 5000000
до 12000000
UZS
Занятость: Полная занятость, Полный день
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Biz haqimizda
Agrolab — zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tahlil qilish bo‘yicha yetakchi laboratoriya. Biz sifat, aniqlik va ishonchlilik tamoyillariga amal qilgan holda mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatamiz. Jamoamizga sifat menejeri kerak, u sifat standartlariga rioya qilinishini ta’minlaydi va sifat boshqaruvi tizimini yanada rivojlantiradi.
Vazifalar:
-
Kompaniyada sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish (ISO 9001 va boshqa tegishli standartlar asosida).
-
Ichki auditlar o‘tkazish va tashqi auditlarga tayyorgarlik ko‘rish.
-
Sifat bo‘yicha hujjatlar (siyosat, protsedura, yo‘riqnoma va boshqalar)ni tayyorlash va yuritish.
-
Jarayonlar monitoringini olib borish va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
-
Xodimlarni sifat tizimi bo‘yicha o‘qitish va sifat madaniyatini shakllantirish.
-
Mijoz shikoyatlari va fikrlarini tahlil qilish, takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Talablar:
-
Sifat menejmenti yoki texnik yo‘nalishda oliy ma’lumot.
-
Kamida 2–3 yillik ish tajribasi (sifat bo‘yicha).
-
ISO 9001 yoki boshqa sifat tizimlari bilan ishlash tajribasi.
-
Audit o‘tkazish ko‘nikmalari.
-
Kuchli tahliliy fikrlash va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi.
-
Jamoa bilan ishlash va yetakchilik qobiliyati.
Biz taklif qilamiz:
-
Barqaror ish joyi va rasmiy ishga qabul qilish.
-
Raqobatbardosh maosh.
-
O‘z sohasida malakali va do‘stona jamoa.
-
Kasbiy rivojlanish va o‘qish imkoniyatlari.
Адрес: населённый пункт Кескен, ,
Похожие вакансии