Просмотр вакансии

Сегодня 21-09-2025 00:48
12.09.2025, 10:26

Biznesni rivojlantirish mikromoliya tashkiloti, Ichki audit xizmati xodimi

Работодатель: АКБ «Банк развития бизнеса»

Город: Ташкент
Занятость: Полная занятость, Полный день
Опыт работы: От 3 до 6 лет

Oliy talim muassasalarida olingan oliy malumotga ega bo’lishi. Xorijiy davlat talim muassasasida oliy talim olgan taqdirda olingan oliy talim to’grisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaga ega bolishi ;

auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ichki auditor malaka sertifikatiga ega bolishi ;

Moliyaviy hujjatlarni tahlil qilish, audit tekshiruvlarini otkazish konikmalariga ega bolishi;

Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, ayniqsa “Buxgalteriya hisobi togrisida”gi, “Auditorlik faoliyati togrisida”gi qonunlar, soliq va moliyaviy meyoriy hujjatlarni yaxshi bilish;

Bank ishi, mikromoliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida kamida 3 (uch) yillik amaliy ish tajribasiga ega bolishi;

mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari, shu jumladan, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;

Buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari va ularni amalda qo’llash bo’yicha bilim va konikmalariga ega bolishi;

MS Office dasturlarida, Excel va Word dasturlarida erkin ishlash;

Mustaqil ishlash, tahliliy fikrlash va xulosa chiqarish qobiliyati;

Ozbek tilida ravon, rus tilida esa tushunarli darajada muloqot qila olish;

Halollik, xolislik, sir saqlay olish qobiliyati.

Lavozimga oid vazifalar:

Tashkilot ichki moliyaviy va xojalik faoliyatini tekshirish;

Ichki nazorat tizimini baholash va takliflar berish;

Audit hujjatlarini yuritish va Kengashga hisobotlar tayyorlash;

Moliyaviy, buxgalteriya va operatsion jarayonlardagi kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

Mikromoliya tashkiloti oldiga quyilgan maqsadlarga erishishda mikromoliya tashkiloti biznes jarayonlari, mamuriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini tahlil qilish va baholash;

axborot tizimlarining ishonchliligini, to‘liqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik ta’minlanganligini tahlil qilish va baholash;

qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash;

Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganligini tahlil qilish va baholash;

aktivlar butligini tahlil qilish va baholash.

Mehnat sharoitlari:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish

Ish vaqti: 5/2

Raqobatbardosh ish haqi (suhbat natijalari asosida muhokama qilinadi)

Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi uchun imkoniyatlar

Ahil jamoa va qulay ish sharoitlari

asosiy ish joyida ishlash

Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Sarxumdon MFY Laylitogon kochasi 266-A uy.

 

Откликнуться на вакансию

Дата
21.09 22.09
USD
3.0494 3.043
EUR
3.61 3.5781
RUB
3.6439 3.6396
UAH
7.3887 7.33
CHF
3.8705 3.8277
GBP
4.1613 4.1086
PLN
8.4799 8.391
Минск
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C
Ночью: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения