Город: Ташкент
Занятость: Полная занятость, Полный день
Опыт работы: От 3 до 6 лет
Biz, kompaniya qadriyatlariga mos keluvchi, shijoatli, boshqaruvda kuchli bilimga ega, SAP dasturida moliyaviy hisobotlarni qila oladigan CFO qidiryabmiz
Biz haqimizda
ASKO — Respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan yirik chakana savdo tarmog‘i, asosiy yo‘nalishlarimiz:
-
Avtoshinalar, akkumulyatorlar va disklar savdosi
- Servis o'rnatib berish (vulkanizatsiya) xizmati
- 60 ta savdo nuqtasi, 2026-yilda 100 taga yetkazish rejalashtirilgan
- Moliya departamentida: 10 + xodim ishlaydi
- SAP - ERP orqali ishlanadi.
Lavozim missiyasi
Kompaniyaning moliyaviy boshqaruvini strategik darajaga olib chiqish, moliyaviy jarayonlarni boshqarish va ta'sischiga har oy moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish, hamda moliya jamoasini samarali boshqarish orqali biznesning stabil va tez o‘sishini ta’minlash.
Asosiy vazifalar
-
Kompaniyaning moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
-
Pul oqimlarini (Cash Flow) rejalashtirish va nazorat qilish
-
P&L, Balance Sheet, Cash Flow, Plan-Fact hisobotlarini yuritish va real biznes qarorlarida qo‘llash
-
Xarajatlarni nazorat qilish va rentabellikni oshirish
-
Moliyaviy rejalashtirish, byudjetlash va prognozlash
-
Ta'sischiga ishonchli moliyaviy ma'lumotlarni
-
Boshqaruv va moliyaviy hisobni yo‘lga qo‘yish
-
Kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
-
Moliya bo‘limi faoliyatini boshqarish va rivojlantirish
Nomzodga talablar
-
Moliyaviy direktor lavozimida kamida 3 yil tajriba agar tarmoqli do'konlar sohasida moliyaviy direktorlik qilingan bo'lsa bu katta +
-
O‘zbek tilini mukammal bilish (majburiy)
-
MS Office, SAP bilan ishlash tajribasi
(IFRS / MSFO bilimlari bo'lishi) -
Oliy ma’lumot: moliya, iqtisod, buxgalteriya hisobi
-
Real biznesda moliyaviy hisobotlardan foydalanilgan amaliy keyslar bo'lishi shart
Moliyaviy direktor kompetensiyalari
-
Kuchli analitik fikrlash
-
Rejalashtirish va jarayonlarni tizimlashtirish
-
Strategik o'ylash va ishga yondashish
-
O‘zgaruvchan muhitda moslashuvchanlik va barqarorlik
-
Liderlik, jamoani samarali boshqarish va rivojlantirish
-
Qaror qabul qilishda mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik
Biz nimani taklif qilamiz
-
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
-
Ish joyida bepul tushlik
-
Bepul mobil aloqa
-
O‘z g‘oyalarini real moliyaviy instrumentlarga aylantirish imkoniyati
-
Yosh va rivojlanishga ochiq jamoa (millenniallar va zoomerlar)
-
Bepul treninglar va shaxsiy rivojlanish
-
Ish grafigi: 6/1, 09:00–18:00, shanba kuni 13:00 gacha
-
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
-
KPI asosidagi rag‘batlantirish tizimi
-
Ish haqi — suhbat davomida kelishiladi
Tanlov bosqichlari
1. Zoom orqali HR direktor bilan suhbat
2. Biznes-konsultant va ta'sischi bilan yakuniy bosqich
Manzil: Sergeli tumani, Index – Yangi avtorinok, F-3 blok
Metro stansiya: Turon
Адрес: Ташкент, Янгихаётский район, улица Канора,
Похожие вакансии