Просмотр вакансии

Сегодня 06-02-2026 11:35
04.02.2026, 15:29

Senior/Middle Frontend Developer [PART TIME]

Работодатель: YATT FAXRIDDINOV MIRODIL SHAMSIDDIN OGLI

Город: Ташкент
Зарплата:  до 13000000 UZS
Занятость: Частичная занятость, Удаленная работа
Опыт работы: От 3 до 6 лет

Lavozim haqida

"Shunchaki interfeyslar yasaydigan" dasturchini emas, balki web ilovaning sifati uchun mas'uliyat oladigan tajribali Frontend muhandisini qidiryapmiz.

Sizning javobgarligingizda: arxitektura qarorlari, unumdorlik optimallashtirish va foydalanuvchi tajribasi bo'ladi.

Agar siz React, TypeScript va TanStack Query'da tajribali bo'lsangiz hamda ishingiz natijasini bevosita ko'rishni yoqtirsangiz - bu vakansiya siz uchun.

Sizning vazifalatingiz

Arxitektura va rivojlantirish

  • Frontend arxitekturasini loyihalash va rivojlantirish
  • Yangi modul va komponentlarni masshtablanuvchi tarzda qurish
  • Kod sifati va strukturasini saqlash

Server holati bilan ishlash

  • TanStack Query orqali ma'lumotlar boshqaruvini tashkil etish
  • Kesh strategiyalari, invalidatsiya va optimistik yangilanishlarni sozlash
  • Fon yangilanishlari va xatolarni qayta ishlovini amalga oshirish

UI/UX amalga oshirish

  • Dizaynlarni aniq va sifatli kodga aylantirish
  • Qulay va tezkor interfeyslar yaratish
  • UI komponentlarida izchillikni saqlash

Unumdorlik optimizatsiyasi

  • Render tezligi va bundle hajmini nazorat qilish
  • Profiling va bottleneck'larni bartaraf etish
  • Foydalanuvchi tajribasini yaxshilash

Sifat nazorati

  • Muhim funksionallik uchun testlar yozish
  • Code review jarayonida ishtirok etish
  • Muhandislik amaliyotlarini yaxshilash takliflarini berish

Talablar

Asosiy ko'nikmalar:

  • Frontend dasturlashda 3+ yil tajriba
  • React va TypeScript'ni ishonchli bilish
  • JavaScript/TypeScript'ni chuqur tushunish
  • React lifecycle, hooks va optimizatsiya texnikalarini bilish
  • Brauzer ishlashi va tarmoq o'zaro aloqalari bo'yicha bilim

TanStack Query bo'yicha:

  • Amaliy tajriba (yoki tezda o'zlashtirish imkoniyati)
  • Kesh strategiyalari va yangilash mexanizmlarini tushunish
  • Optimistik yangilashlar va xatolarni qayta ishlashni bilish

Muhandislik yondashuv:

  • Texnik qarorlar qabul qilish va asoslab bera olish
  • Murakkab vazifalarni kichik qismlarga bo'lish
  • O'z qarorlari uchun mas'uliyat olish

Jamoaviy ishlash:

  • Yechimlarni asoslab berish va muhokama qilish qobiliyati
  • Konstruktiv fikr-mulohaza berish va qabul qila olish
  • Boshqa dasturchilar bilan samarali hamkorlik

Biz taklif qilamiz

  • Raqobatbardosh ish haqi (tajribaga qarab muhokama qilinadi)
  • Moslashuvchan ish tartibi
  • Zamonaviy texnologiyalar va doimiy o'rganish imkoniyati
  • Mahsulotga bevosita ta'sir ko'rsatish imkoniyati
  • Professional rivojlanish va o'sish uchun sharoitlar

Murojaat qilish

Rezyume va portfolio bilan murojaat qiling.
Qisqacha o'zingiz haqingizda va nega bu lavozim sizga qiziq ekanligini yozing.

Адрес: Ташкент, Шайхантахурский район,

 

Откликнуться на вакансию

Дата
05.02 08.02
USD
2.8787 2.8616
EUR
3.4009 3.3713
RUB
3.7347 3.7424
UAH
6.6773 6.6315
CHF
3.7085 3.6765
GBP
3.9459 3.8825
PLN
8.0515 7.9946
Минск
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C
Ночью: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения