Город: Ташкент
Занятость: Полная занятость, Полный день
Опыт работы: От 3 до 6 лет
Monitoring departamenti Jismoniy shaxslarning kredit qarzdorliklari bilan ishlash boshqarmasi menejeri
Talablar:
Oliy iqtisodiy ma'lumot;
MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida
mukammal darajada ishlay olishi;
bank tizimi qonunchiligini yaxshi bilishi;
kamida 5 yillik bank tizimida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash, xisob varaqlar aylanmasi tahlili va buxgalteriya amaliyotlari bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi;
Vazifalar:
Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarni yuzaga kelishi sabablarini tahlil qilib borish;
Ajratilgan kreditlarning bank Kredit siyosati, amaldagi tartiblar hamda vakolatli kollegial organlar tomonidan qabul qilingan qaror shartlariga mosligini o‘rganish, xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning muammoli kreditlarga aylanish ehtimolini erta aniqlash hamda ularni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish;
BXO va BXMlarda jismoniy shaxslarning kredit qarzdorliklari bilan ishlashda potensial muammoli kreditlarini undirish choralarini ishlab chiqish va undirilishini nazorat qilish;
Oy davomida so‘ndirilishi lozim bo‘lgan joriy kredit qarzdorliklarni tahlil qilish va kunlik ma’lumotlarni umumlashtirib borish;
hududiy boshqarma va BXOlardagi xodimlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, ularga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yetkazishda ishtirok etish;
bankning ichki me’yoriy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar;
Ish sharoiti:
To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofoti.
Адрес: Ташкент, ,
Похожие вакансии