Просмотр вакансии

Сегодня 24-03-2026 22:08
21.03.2026, 10:19

Kutubxonachi vazifalarini bajaruvchi resepshionist

Работодатель: Узбекско-Японский Центр

Узбекско-Японский Центр

Город: Ташкент
Занятость: Полная занятость, Полный день
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

O‘zbekiston-Yaponiya Markazi kutubxonachi vazifalarini bajaruvchi harakatchan, mehmondo‘st va ishtiyoqmand nomzodlarni resepshionist lavozimiga ishga taklif etadi.

Ideal nomzod – muloqot ko‘nikmalari yuqori bo‘lgan, bir nechta tillarni biladigan shaxsdir (o‘zbek tilini ona tili darajasida bilishi majburiy). Do‘stona, xushmuomala va yapon madaniyatiga qiziqadigan odam bo‘lishi talab etiladi. Kutubxonachi sifatidagi faoliyati, tajribasi ishga olish jarayonida inobatga olinadi.

Asosiy vazifalar:

• Mehmonlarni kutib olish va qabul qilish.
• Telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish. Tashrif buyuruvchilarga va qo‘ng‘iroq qiluvchilarga Markaz faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berish.
• Kutubxona fondini tashkil etish va yuritish. Yangi tashrif buyuruvchilar va yangi kitoblarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
• Kitoblarni berish va qabul qilish. Vaqtida kitoblarni qaytarmagan obunachilarga qo‘ng‘iroq qilish.
• O‘quvchilarga kitoblarni tanlash va izlash masalalari bo‘yicha maslahat berish.
• Kutubxonada yapon madaniyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish va to‘garaklarni tashkil etish.
• UJC tomonidan tashkil etilgan turli tadbirlarda ishtirok etish va ko‘maklashish.
• UJC umumiy boshqaruv bo‘limi boshlig‘i ko‘rsatmasi bo‘yicha UJCdagi ma’muriy va boshqa vazifalarni bajarish.

Talablar

• Jinsi: Farqi yo‘q, Ma’lumoti: Oliy

• MS Office dasturlarida ishlash qobiliyati
• Printerlar, nusxa olish qurilmalari, skanerlar va boshqa ofis uskunalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari
• Tillardan bilimi:
O‘zbek tili – ona tili darajasida erkin egallangan
Yapon tili – o‘rta daraja
Ingliz tili – o‘rta daraja
Rus tili – o‘rta daraja

•Ma’sulyatlik, batartiblik, punktuallik

•Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati

•O‘xshash lavozimda kamida 1 yil ish tajribasi

•Kutubxonachi sifatidagi faoliyati, tajribasi ishga olish jarayonida inobatga olinadi

•Koll-markazda ishlash tajribasiga ega bo‘lish ishga qabul qilishda afzallik hisoblanadi

Ish sharoitlari

• Ofis shahar markazida
• Do‘stona jamoa
• Ish jadvali 5/2, 9:00-18:00

*Rezyumeingizni ilova xati bilan uzbek yoki rus tillarida 2026-yil 10-aprelgacha (kutilayotgan oylik maoshini ko‘rsatgan holda) yuborishingizni so‘raymiz. Suhbatga faqatgina malakali nomzodlar taklif etiladi!

Адрес: Ташкент, проспект Амира Темура, 107Б

 

Откликнуться на вакансию

Дата
24.03 25.03
USD
2.9765 2.9519
EUR
3.4213 3.4231
RUB
3.625 3.6507
UAH
6.784 6.7396
CHF
3.7528 3.7532
GBP
3.9489 3.9567
PLN
7.9798 8.0117
Минск
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C
Ночью: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения