Город: Ташкент
Зарплата:
от 6700000
до 20000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
AIFU universiteti Toshkent filiali — zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, xalqaro akademik standartlar asosida keng qamrovli bilim berishga yo‘naltirilgan.
Universitetimiz talabalarda tanqidiy fikrlash, madaniyatlararo tushuncha va diniy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida malakali dinshunoslik fani o‘qituvchisini jamoamizga taklif qiladi.
Asosiy vazifalar
- Dinshunoslik fanidan (jahon dinlari, diniy oqimlar, zamonaviy diniy jarayonlar) dars o‘tish
- Zamonaviy va neytral akademik yondashuv asosida darslarni tashkil etish
- O‘quv dasturi (syllabus) va materiallarini ishlab chiqish
- Talabalar bilimini baholash va rivojlantirish
- Talabalarda tanqidiy va analitik fikrlashni shakllantirish
- Interaktiv va muhokamaga asoslangan mashg‘ulotlar o‘tkazish
Talablar
- Dinshunoslik, falsafa yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishida oliy ma’lumot
- Magistr darajasi (majburiy)
- O‘qituvchilik tajribasi ustunlik beradi
- Neytral, ilmiy va akademik yondashuv
- Kuchli kommunikatsiya va tushuntirish qobiliyati
- Mas’uliyatlilik va professional yondashuv
Sharoitlar
- Ish haqi: 6 700 000 so‘mdan 25 000 000 so‘mgacha
(malaka va yuklamaga qarab) - Universitet tomonidan qo‘shimcha 20% ustama
- Zamonaviy akademik muhit
- Professional rivojlanish imkoniyati
- Uzoq muddatli hamkorlik
Адрес: Ташкент, Алмазарский район, махаллинский сход граждан Гани Аъзамов
Похожие вакансии