Город: Ташкент
Зарплата:
от 6000000
до 7000000
UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Manzil: Toshkent xalqaro aeroporti hududi
Biz jamoamizga mas'uliyatli, tashabbuskor va boshqaruv ko'nikmalariga ega Menejerni taklif etamiz.
Vazifalari:
• Kitob do‘koni faoliyatini samarali tashkil etish va nazorat qilish
• Xodimlar ishini boshqarish, ish jadvalini tuzish va nazorat qilish
• Savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va reja bajarilishini ta'minlash
• Mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatilishini nazorat qilish
• Tovar qoldiqlari va assortimentni boshqarish
• Kitob bozorini muntazam o‘rganish va tahlil qilish
• Yangi kitoblar va bestsellerlarni tanlash hamda xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash
• Yetkazib beruvchilar va nashriyotlar bilan hamkorlik qilish
• Yangi mahsulotlarni do‘konga kiritish va ularning savdosini tahlil qilish
• Inventarizatsiya jarayonlarida ishtirok etish
• Kassa intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish
• Jamoada ijobiy ish muhitini shakllantirish va xodimlarni rivojlantirish
Talablar:
• Yosh chegarasi 25 - 35 yosh gacha
• Kamida 1 yil menejer,boshqaruvchi lavozimida ish tajribasi
• Savdo va assortiment boshqaruvi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish
• Tahliliy fikrlash va bozorni o‘rganish ko‘nikmasi
• Jamoani boshqarish va tashkilotchilik qobiliyati
• Mas'uliyatlilik, halollik va liderlik fazilatlari
• Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari (MS Excel, Word) va yangi saytlarni tez o'rgana olish
• O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tilida erkin muloqat qilish shart
• Kitoblar, adabiyot va zamonaviy trendlar bilan qiziqish
Biz sizga taklif qilamiz:
- Aeroport hududida zamonaviy va qiziqarli ish muhiti
- Rasmiy ishga joylashish
- Barqaror va o‘sib boruvchi oylik maosh
- KPI va bonus tizimi
- Ahil va professional jamoa
- Team building va korporativ tadbirlar
- Qulay ish muhiti
- Karyeraviy o‘sish imkoniyati
Адрес: Ташкент, аэропорт Ташкент имени Ислама Каримова
Похожие вакансии