Просмотр вакансии

Сегодня 04-07-2026 12:34
09.06.2026, 09:39

Mexanik

Работодатель: RENAISSANCE PERFECTLY ENGINEERING

Город: Ташкент
Зарплата:  от 5000000 UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

Bino muhandislik tizimlarining uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ekspluatatsiya mexanigining quyidagi vazifalari belgilanadi:

1. Umumiy vazifalar

1.1. Bino muhandislik-mexanik tizimlarining soz va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

1.2. Uskunalarning texnik holatini nazorat qilish va nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash.

1.3. Mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi va uskunalardan foydalanish qoidalariga rioya qilish.

1.4. Bino muhandislik tizimlarining ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash.

2. Muhandislik tizimlarini ekspluatatsiya qilish

Mexanik quyidagi tizimlarning nazorati, texnik xizmat ko‘rsatishi va ekspluatatsiyasini amalga oshirishi shart:

  • isitish tizimlari (qozonxona uskunalari, yoqilg‘i-moylash materiallari/gaz sarfi);
  • chiller sovutish tizimlari;
  • sovuq va issiq suv ta’minoti tizimlari;
  • kanalizatsiya tizimlari;
  • ventilyatsiya va konditsioner tizimlari;
  • nasos uskunalari;
  • issiqlik punktlari va quvur tarmoqlari;
  • yong‘inga qarshi tizim elementlari (yong‘in nasoslari, quruq quvurlar va boshqalar).

3. Texnik xizmat ko‘rsatish

3.1. Muhandislik uskunalarini rejali va rejadan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish.

3.2. Profilaktik ishlar va uskunalarning joriy mayda ta’mirlarini bajarish.

3.3. Uskunalarning ish parametrlarini (bosim, harorat, uzel va agregatlarning holati) nazorat qilish.

3.4. Eskirgan detallarni o‘z vaqtida almashtirish va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.

3.5. Uskunalarning reja-ogohlantiruvchi ta’mir ishlarida ishtirok etish.

4. Hamkorlik va ishlarni nazorat qilish

4.1. Smenadagi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi personal ishini nazorat qilish.

4.2. Uskunalarga ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish.

4.3. Bajarilgan ta’mirlash va montaj ishlarini qabul qilishda ishtirok etish.

4.4. Aniqlangan nosozliklar va avariya holatlari haqida nuqson dalolatnomalarini tuzish orqali rahbariyatni xabardor qilish.

5. Hujjatlarni yuritish

5.1. Uskunalarning ekspluatatsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish jurnallarini yuritish.

5.2. Ko‘rik dalolatnomalari, nuqsonlar qaydnomalari va texnik xulosalarni tayyorlash.

5.3. Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.

5.4. Uskunalarga oid texnik hujjatlarni (pasportlar, yo‘riqnomalar va boshqalar) hisobga olish va yuritish.

6. Avariya holatlaridagi harakatlar

6.1. Muhandislik tizimlarida avariya yoki nosozliklar yuzaga kelganda tezkor choralar ko‘rish.

6.2. Avariya holatlarini bartaraf etish va ularning oqibatlarini tugatishda ishtirok etish.

6.3. Avariyalar kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

7. Energiya resurslari sarfini nazorat qilish

7.1. Elektr energiyasi, gaz, suv va yoqilg‘i sarfini nazorat qilish.

7.2. Energiya resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish choralarini ko‘rish.

7.3. Hisobga olish asboblari (hisoblagichlar) ko‘rsatkichlarini nazorat qilish.

8. Uskunalarning texnik holatini nazorat qilish

8.1. Uskunalarga oid texnik hujjatlarning mavjudligi va holatini nazorat qilish.

8.2. Reja-ogohlantiruvchi ta’mirlash jadvallarining bajarilishini nazorat qilish.

8.3. Ehtiyot qismlar va sarf materiallarining mavjudligini nazorat qilish.

9. Xavfsizlikni ta’minlash

9.1. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

9.2. Yong‘inga qarshi uskunalar va tizimlarning soz holatda bo‘lishini nazorat qilish.

9.3. Avariya va xavfli vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish.

10. Binoning texnik holatini nazorat qilish

10.1. Texnik xonalar, yerto‘lalar, tom qismi va muhandislik kommunikatsiyalarining holatini nazorat qilish.

10.2. Suv sizib chiqishi, shikastlanishlar va binodagi boshqa texnik nuqsonlarni aniqlash.

10.3. Muhandislik tizimlari va binoning umumiy ekspluatatsiyasini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash

Адрес: Ташкент, улица Хидирали Эргашева, 134А

 

Откликнуться на вакансию

Дата
05.07 06.07
USD
2.9062 2.905
EUR
3.3096 3.3156
RUB
3.731 3.7314
CNY
4.2833 4.2863
CHF
3.5857 3.6082
GBP
3.85 3.8754
PLN
7.7059 7.724
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

  • ГРИНрозница ГК РАПА
    Охранник
    З/п от 1260 BYR Солигорск | 04-07-2026 12:15
  • ГРИНрозница ГК РАПА
    Пекарь
    З/п от 1640 BYR Витебск | 04-07-2026 12:10
  • Team.Inno / Фабрика инноваций и решений
    Project Coordinator Минск | 04-07-2026 11:54
Спецпредложения