Просмотр вакансии

Сегодня 04-07-2026 07:28
16.06.2026, 16:31

Hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatish muhandisi (zaxira shakllantirish)

Работодатель: UzAuto Motors

UzAuto Motors

Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

Zahira shakllantirish maqsadida e’lon qilingan “Axborot texnologiyalari” direksiyasi, “IT infrastrukturasi” (Toshkent sh.) Hisoblash texnikasiga xizmat ko‘rsatish muhandisi lavozimiga qo‘yilgan talablar:

Аsosiy vazifalari:

  • Kompaniyadagi boshqarma va bo‘limlardan tushgan so‘rovnomalarga, (AT boshqarmasi bo‘lim va bo‘linma boshliqlari tasdiqlagan Texnik Topshiriqga asosan) orgtexnika, ehtiyot qismlar va sarf materiallari sotib olish uchun buyurtma shakllantirish.
  • Kompyuter va printerlar uchun, ehtiyot qismlar va sarf materiallari sotib olish uchun buyurtmalarni davriy tayyorlash;
  • Kompyuterlar va printerlar uchun ehtiyot qismlar va sarf materiallari bo‘yicha oylik hisobotlarni davriy taqdim etish;
  • Moddiy qiymatliklarni hisobga olish va moddiy hisobotni tayyorlash bo‘yicha mavjud dasturlarni yangi ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • Standartlar va ko‘rsatmalarni to‘g‘ri saqlashni ta’minlash;
  • Boshqaruvning rasmiy vazifalar bilan bog‘liq buyruq va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish;
  • Tashqi bo‘limlardan va korxona rahbariyati tomonidan jo‘natilgan xat va ko‘rsatmalarni bajarilishini ta'minlash vazifalari yuklatiladi;
  • Axborot xavfsizligi va kompaniyaning ichki reglamentlari talablariga rioya qilish.

Таlаblаr:

  • Oliy ma’lumotga ega, axborot texnologiyalari sohasida kamida 1-yil ish stajiga ega bo‘lishi;
  • Kompyuter va ofis texnikalarining ishlash prinsiplari va tuzilishini bilishi;
  • Ingliz va rus tilini bilishi;
  • Operatsion tizimlarni (Windows va boshqalar) o‘rnatish va sozlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  • Lokal tarmoq va internet uskunalari bilan ishlay olishi;
  • Foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsata olishi;
  • Korxona siyosati, ichki tartib-qoidalari, prinsiplari va strategik yondashuvlarini tushunishi;
  • Mas’uliyatli, tahliliy fikrlaydigan va jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.

Mehnat sharoitlari:

  • Ijtimoiy paket;
  • Mehnat ta’tili;
  • Maxsus uniforma;
  • Issiq ovqat;
  • Tibbiy ko‘rik va malaka oshirish kurslari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq ish bilan taminlash;
  • Ish haqi: Mehnat shartnomasi asosida;
  • Ish vaqti: Ish grafik asosida;
  • Ish joyi: Toshkent shahar.

Адрес: Ташкент

 

Откликнуться на вакансию

Дата
05.07 06.07
USD
2.9062 2.905
EUR
3.3096 3.3156
RUB
3.731 3.7314
CNY
4.2833 4.2863
CHF
3.5857 3.6082
GBP
3.85 3.8754
PLN
7.7059 7.724
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения