Просмотр вакансии

Сегодня 01-07-2026 05:32
19.06.2026, 09:28

Analitik

Работодатель: TOSHKENT TOVAR XOMASHYO BIRJASI

Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

Lavozim haqida
EBIRJA elektron savdo va davlat xaridlari platformalarini rivojlantirish uchun tajribali Tizim Analitigini ishga taklif etadi. Nomzod biznes talablarini chuqur tahlil qilishi, normativ-huquqiy hujjatlar asosida yangi funksional imkoniyatlarni shakllantirishi hamda biznes va IT jamoalari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta'minlashi lozim.

Asosiy vazifalar

- Birja savdolari va davlat xaridlari hamda boshqa elektron savdo jarayonlarini tahlil qilish;
- Biznes bo‘linmalar, davlat tashkilotlari va tashqi hamkorlar talablarini yig‘ish va hujjatlashtirish;
- BRD, SRS, Functional Specification, User Story, Use Case va Acceptance Criteria hujjatlarini tayyorlash;
- Davlat xaridlari va birja faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizim talablari ishlab chiqish;
- Dasturchilar, QA muhandislari, UX/UI dizaynerlar va mahsulot egalari bilan hamkorlikda ishlash;
- API integratsiyalari bo‘yicha talablarni ishlab chiqish va hujjatlashtirish;
- Yangi funksiyalarni joriy etish jarayonida biznes ekspertlari bilan ishlash;
- Test ssenariylari va qabul qilish mezonlarini shakllantirish;
- Mavjud tizimlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Analitik hisobotlar va metrikalar shakllantirish bo‘yicha talablarni tayyorlash.

Talablar
- Tizim analitigi yoki biznes analitik sifatida tajribasi borligi;
- Elektron savdo, davlat xaridlari, birja, bank, fintech yoki ERP tizimlarida ishlagan bo‘lish;
- Murakkab biznes jarayonlarni tahlil qilish va tavsiflash tajribasi;
- Use Case Diagram, Activity Diagram va Sequence Diagramlarni bilish;
- REST API, SOAP, JSON, XML, OpenAPI/Swagger bilan ishlash tajribasi;
- SQL va ma'lumotlar bazalarini yaxshi tushunish;
- Jira, Confluence, Figma, Draw.io yoki shunga o‘xshash vositalarda ishlash tajribasi;
- Analitik fikrlash, muloqot va prezentatsiya ko‘nikmalari.

Afzallik beriladi

- Quyidagi yo‘nalishlardan bir yoki bir nechtasida tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi:
- Davlat xaridlari tizimlari;
- Elektron do‘kon va marketplace platformalari;
- Birja savdolari va auksion tizimlari;
- B2G (Business-to-Government) loyihalari;
- Elektron hujjat aylanish tizimlari;
- Elektron raqamli imzo (E-IMZO) integratsiyalari;
- Soliq, bojxona, kadastr, adliya va boshqa davlat axborot tizimlari bilan integratsiyalar;
- BI va hisobot tizimlari (Qlik Sense, Power BI va boshqalar).

Texnik bilimlar
- SQL so‘rovlarini yozish va ma'lumotlarni tahlil qilish;
- API integratsiyalarini tahlil qilish;
- elektron hujjatlar va biznes jarayonlarining hayotiy siklini tushunish;

Biz taklif qilamiz
- Respublika miqyosidagi strategik ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish;
- Davlat xaridlari va birja sohasidagi yirik raqamli transformatsiya loyihalarida ishlash;
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

Адрес: Ташкент, улица Заркайнар, 39-41

 

Откликнуться на вакансию

Дата
30.06 01.07
USD
2.9066 2.9041
EUR
3.3144 3.3099
RUB
3.7386 3.7384
CNY
4.2675 4.2854
CHF
3.5944 3.5871
GBP
3.8419 3.8437
PLN
7.7269 7.6991
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения