Просмотр вакансии

Сегодня 29-06-2026 19:07
27.06.2026, 07:37

Marketing bo'yicha menejer

Работодатель: ABABIN

ABABIN

Город: Ташкент
Зарплата:  от 10000000 UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

ISHGA TAKLIF!

Kompaniya: ASKO

Ish joyi: Toshkent shahri, Yangi hayot tumani Index savdo kompleksi F-3 blok (Turon metro bekati)

Bandlik turi: To‘liq ish kuni

Kompaniya haqida: ASKO kompaniyasi avtomobil ehtiyot qismlari (avtoshina, disk, akkumlyatorlar) savdosi bilan shug'illanadigan O'zbekistondagi eng yirik do'konlar tarmog'i. Hozirda 70dan ortiq savdo filiallarimiz O'zbekiston bo'ylab faoliyat yurityabdi. Marketing bo‘yicha menejerni ishga taklif etamiz.

Biz kimni qidiryabmiz:

Ta’lim:

  • Oliy ma’lumotli (marketing, menejment, PR yo‘nalishlari afzallik beradi)

Tajriba:

  • Soha bo'yicha 3 yillik tajriba kutyabmiz.

Bilim va ko‘nikmalar:

  • Google Analytics, Yandex Metrika kabi instrumentlar bilan ishlash, reklama kampaniyalari samaradorligini tahlil qilish tajribasi.

  • CPL, CAC, ROMI va LTV ko‘rsatkichlarini hisoblash va optimallashtirish bo‘yicha chuqur bilim.

  • Budjetni kanallar bo‘yicha taqsimlash, offline va online kanallar o‘rtasidagi sinergiyani ta'minlash hamda media-rejalarni tuzish mahorati.

  • Raqobatchilar tahlili, segmentatsiya

  • Adobe Photoshop, Illustrator yoki Figma kabi dasturlarda ishlash shart emas, biroq dizaynerlar uchun aniq TZ shakllantirish va vizual standartlarni nazorat qilish qobiliyati.

  • CRM tizimlari va avtomatlashtirilgan marketing vositalari bilan ishlash tajribasi.

Soft skills:

  • Muloqotga ochiqlik, quvnoqlik va tashabbuskorlik

  • Mas’uliyatlilik va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish

  • Stressga bardoshlilik va odamlar bilan to'g'ri ishlay olish

  • Eslab qolish, yozib olish va tizimli yondashuvga moyillik

Til bilimi:

  • O‘zbek tilini mukammal bilish

  • Rus tili yoki ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi

Qadriyatlar:

  • Jamoaviy ishga tayyorlik

  • Halollik va intizomga sodiqlik

  • O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish

Nimalarni yuklaymiz:

  • Brendning konsepsiyasini mustahkamlash, narx va sifat mutanosibligini iste’molchiga to‘g‘ri yetkazish.

  • Online va offline marketing tadbirlarini rejalashtirish hamda muvofiqlashtirish.

  • Barcha reklama materiallarining brend-buk talablariga muvofiqligini nazorat qilish.

  • 70dan ortiq filiallar kesimida yagona brend standartlarini (brand identity) monitoring qilish.

  • Strategik hamkorlik loyihalarini tashkillash, brend reputatsiyasini boshqarish va PR-tadbir choralarini ko‘rish.

  • Marketing samaradorligini CPL, CAC, ROI, traffic va konversion kabi ko'rsatkichlar orqali doimiy tahlil qilib borish.

  • Dizayner, videograf va SMM mutaxassislari ishini yo‘naltirish.

Biz sizga nima taklif qilamiz?

Rasmiy ishga joylashish — mehnat shartnomasi asosida barqaror ish;

Yirik mahalliy loyiha — Respublika miqyosidagi yirik loyihada o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyati.;

Shinam va zamonaviy ofis — mehmondo‘st jamoa, ichki oshxona, do‘stona muhit;

Ish vaqti: 09:00–18:00, 6/1 (shanba 13:00 gacha);

Vaqtida to‘lanadigan maosh — oylik ikki marta: avans va asosiy to‘lov.

Адрес: Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс

 

Откликнуться на вакансию

Дата
29.06 30.06
USD
2.8858 2.9066
EUR
3.292 3.3144
RUB
3.7443 3.7386
CNY
4.2289 4.2675
CHF
3.5704 3.5944
GBP
3.8149 3.8419
PLN
7.6833 7.7269
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения