Просмотр вакансии

Сегодня 27-06-2026 10:58
27.06.2026, 09:01

Ultratovush shifokori | Врач ультразвуковой диагностики

Работодатель: AXUNJANOV JAVOXIR TURGUNOVICH

Город: Ташкент
Зарплата:  от 8000000 до 15000000 UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.

1.1. Shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – Davolash bo‘limi diagnostika yo‘nalishi ultratovush tekshiruvi shifokori (bundan keyin matnda xodim);
b) bo‘lim – Davolash bo‘limi;
c) kimga bo‘ysunadi – Kompaniya rahbari, bo‘lim mudiri, bo‘lim diagnostika yo‘nalishi katta ultratovush tekshiruvi shifokori;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – bo‘lim diagnostika yo‘nalishi feldsherlari, hamshira va laborantlari;
e) lavozim maqsadi – Kompaniyada mijozlarga ultratovush tekshiruvi xizmatlarini yuqori aniqlik va sifatda ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash va to‘g‘ri tashxis qo‘yishda davolash jarayoniga ko‘maklashish.

1.2. Ish faoliyati:
a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – maxsus tibbiy kiyim.

1.3. Umumiy vazifalar:
a) ultratovush tekshiruvlarini amalga oshirish;
b) tekshiruvlarni amaldagi klinik protokollar asosida o‘tkazish;
c) tashxis qo‘yishda aniqlik va xolislikni ta’minlash;
d) tekshiruv natijalarini yozma va elektron shaklda rasmiylashtirish;
e) mijozlar bilan professional va etik muloqot olib borish;
f) davolovchi shifokorlar bilan hamkorlik qilish;
g) tibbiy jihozlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish;
h) ultratovush apparatining texnik holatini kuzatib borish;
i) sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilish;
j) tibbiy hujjatlarni yuritish va saqlash;
k) aniqlangan patologiyalar bo‘yicha zarur tavsiyalar berish;
l) xizmat sifatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
m) rahbariyat va bo‘lim mudiriga tibbiy faoliyat bo‘yicha hisobotlar taqdim etish.

1.4. Talab etilgan ma’lumot:
a) oliy tibbiy ma’lumot;
b) ultratovush diagnostikasi bo‘yicha ordinatura yoki qayta tayyorlash kursi;
c) mutaxassislik bo‘yicha amaldagi sertifikat.

1.5. Ish tajribasi:
a) ultratovush diagnostikasi yo‘nalishida kamida 1-3 yillik ish tajribasi;
b) zamonaviy diagnostika uskunalari bilan ishlash tajribasi.

1.6. Bilimlar:
a) ultratovush diagnostikasi usullari va metodikasi;
b) inson anatomiyasi va fiziologiyasi;
c) klinik tashxis qo‘yish asoslari;
d) sog‘liqni saqlash tizimidagi qonunchilik;
e) sanitariya-epidemiologiya talablari;
f) o‘zbek tilini mukammal bilishi (rus yoki ingliz tili afzal);
g) MS Office (Word, Excel), Google Drive va boshqa raqamli vositalarni bilish.

1.7. Ko‘nikmalar:
a) ultratovush apparatlarida ishlash;
b) tashxis qo‘yishda aniqlik va tezkorlik;
c) tibbiy xulosalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish;
d) muammoli klinik holatlarni aniqlash va yo‘naltirish;
e) jamoa bilan ishlash;
f) mijozlar bilan samarali muloqot qilish;
g) diqqatlilik va mas’uliyat bilan ishlash.

1.8. Shaxsiy sifatlar:
a) mas’uliyatlilik;
b) diqqatlilik;
c) halollik;
d) sabr-toqatlilik;
e) etik me’yorlarga rioya qilish;
f) stressga chidamlilik.

1.9. Lavozim imkoniyatlari:
a) raqobatbardosh ish haqi;
b) rasmiy mehnat faoliyati;
c) kasbiy rivojlanish imkoniyati;
d) zamonaviy tibbiy uskunalarda ishlash;
e) trening va malaka oshirish dasturlari;
f) qulay ish muhiti.

Адрес: Ташкент

 

Откликнуться на вакансию

Дата
28.06 29.06
USD
2.8228 2.8858
EUR
3.2072 3.292
RUB
3.77 3.7443
CNY
4.1492 4.2289
CHF
3.4781 3.5704
GBP
3.722 3.8149
PLN
7.4788 7.6833
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения