Город: Ташкент
Зарплата:
от 3000000
до 5000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Najot Ta'lim jamoasiga o'quv jarayonlarini samarali tashkil etishga hissa qo'shadigan, mas'uliyatli va tartibli Akademik mutaxassis qidirmoqdamiz.
Asosiy vazifalar:
- Bitiruvchilar uchun sertifikatlarni tayyorlash va topshirish jarayonlarini yuritish;
- O'quvchilardan keladigan murojaat va savollarni qabul qilish hamda o'z vaqtida yechim topish;
- Dars jarayonlarini monitoring qilish va sifat nazoratini olib borish;
- Yangi ish boshlagan ustozlarga o'quv jarayonlariga moslashishda ko'maklashish;
- O'quv bo'limining kundalik faoliyatiga oid tashkiliy vazifalarni bajarish.
Talablar:
- Ta'lim sohasida tajriba bo'lsa afzal ko'riladi;
- Mas'uliyatli, tartibli va e'tiborli bo'lish;
- Muammolarni tezkor hal qila olish va mijozlar bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish;
- Microsoft Office dasturlaridan foydalana olish;
- Figma yoki Adobe Illustrator dasturlarida boshlang'ich darajada ishlash ko'nikmasi bo'lsa afzal.
Takliflar:
- Til o'rganish va kitob sotib olish uchun chegirmalar;
- Elektron qurilmalar sotib olish uchun chegirmalar;
- Qarindoshlaringizni IT sohalarida o'qitish uchun chegirma;
- 400 dan ortiq mutaxassislar bilan "networking";
- Turli mavzularda maxsus "master-klass"lar;
- Jamoa a'zolari bilan O'zbekiston bo'ylab sayohat va "team building"lar
- Kuchli va ahil jamoa!
Адрес: Ташкент, Чиланзарский район, махаллинский сход граждан Катартал, 1Б
Похожие вакансии