Город: Ташкент
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 3 до 6 лет
Jahon School — salohiyatni kashf etamiz!
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir o‘quvchining salohiyatini ochish, unda kuchli ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish va jamiyat uchun mas’uliyatli, namunali shaxslarni tarbiyalashdir.
Bu — siz orzu qilgan maktab!
Agar siz ta’lim fidoyisi bo‘lsangiz, ta’lim boshqaruvi yoki o‘quv jarayoniga aloqador boshqa sohalarda faoliyat yuritsangiz, ishonchimiz komilki — bizning jamoamizda siz uchun albatta joy bor.
Hozirda biz tajribali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini izlamoqdamiz, u maktabimiz qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelajak avlodni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lishi lozim.
Vazifalar:
-
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturini amalga oshirish;
-
Boshqa o‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish va maktabning metodik ishlarida faol ishtirok etish;
-
O‘quvchilar qabul jarayonini tashkil etishda ishtirok etish;
-
Dars jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilgan holda ijodiy yondashuvni ta’minlash;
-
Sinf rahbari sifatida o‘quvchilarning rivojlanishiga ko‘maklashish;
-
Ota-onalar bilan samarali hamkorlik olib borish;
-
Zaruriy o‘quv va ma’muriy hujjatlarni yuritish.
Talablar:
-
Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish;
-
Ish tajribasi: Ideal — bolalar va o‘smirlarga maktabda ta'lim berishda kamida 10 yillik tajriba; Minimal — kamida 5 yillik ish tajribasi;
-
Rus va o‘zbek tillarini mukammal darajada bilish; ingliz tilini bilish ustunlik hisoblanadi;
-
Kompyuterda erkin ishlash ko‘nikmasi: Microsoft Office, Google dasturlari;
-
Xususiy maktabda ish tajribasi - afzallik hisoblanadi.
Asosiy ko‘nikmalar:
-
Psixologik va pedagogik savodxonlik;
-
O‘quv jarayonini rejalashtirish va samarali tashkil etish;
-
Ijodkorlik, moslashuvchanlik, stressga chidamlilik;
-
O‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sishga intilish;
-
Yetakchilik va samarali muloqot olib borish qobiliyati.
Biz taklif qilamiz:
-
Suhbat natijalariga ko‘ra raqobatbardosh oylik maosh;
-
Zamonaviy va qulay ish muhiti: Tinchlik metrosi yaqinida, Beruniy shoh ko‘chasi, 83;
-
Ish jadvali: Dushanba–Juma 08:00–17:10, Shanba 09:00–13:00;
-
Kompaniya hisobidan mazali tushlik;
-
Kasbiy va shaxsiy o‘sish imkoniyatlari;
-
Kompaniya hisobidan treninglar va o‘quv kurslari;
-
Korporativ tadbirlar, timbilding va do‘stona jamoa;
-
Yangi ta’lim madaniyatini shakllantirishda ishtirok etish.
Jahon School jamoasiga qo‘shiling. Biz bilan birgalikda kelajak avlod salohiyatini kashf eting va hoziroq rezyumeingizni yuboring!
Адрес: Ташкент, улица Беруни, 83
Похожие вакансии