Просмотр вакансии

Сегодня 04-07-2026 05:08
01.07.2026, 14:13

Руководитель отдела продаж

Работодатель: SECTOR SOFT

Город: Ташкент
Зарплата:  от 5000000 до 15000000 UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

Asosiy vazifalar

  • Savdo bo‘limining kunlik, haftalik va oylik faoliyatini samarali boshqarish.

  • Belgilangan savdo rejasining bajarilishini nazorat qilish va reja bajarilmaganda sabablarini tahlil qilish.

  • Sotuvchilar uchun KPI va samaradorlik ko‘rsatkichlarini kuzatish hamda ularning natijalarini muntazam tahlil qilish.

  • Har bir sotuvchining qo‘ng‘iroqlari, uchrashuvlari, lidlar bilan ishlashi va yopilgan savdolarini nazorat qilish.

  • CRM tizimida lidlar harakati, vazifalar va savdo jarayonining to‘g‘ri yuritilishini ta'minlash.

  • Savdo voronkasining barcha bosqichlarini nazorat qilish va konversiyani oshirish bo‘yicha takliflar berish.

  • Sotuvchilarga muzokara olib borish, objection handling va savdo texnikalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

  • Yangi xodimlarni ish jarayoniga moslashtirish va ularning tezroq natija ko‘rsatishiga ko‘maklashish.

  • Haftalik va oylik savdo hisobotlarini tayyorlash, natijalarni rahbariyatga taqdim etish.

  • Muhim mijozlar bilan muzokaralarda ishtirok etish va murakkab savdo jarayonlarini boshqarish.

  • Savdo jarayonidagi muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va amaliy yechimlar taklif etish.

  • Marketing bo‘limi bilan hamkorlik qilib, kelayotgan lidlar sifati va konversiyasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

  • Savdo hajmini oshirish maqsadida yangi savdo usullari, aksiyalar, takliflar, skriptlar, CRM instrumentlari, upsell/cross-sell mexanizmlari va boshqa samarali vositalarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish hamda natijalarini tahlil qilish.

  • Mavjud savdo jarayonlarini doimiy tahlil qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflar berish.

Talablar

  • Savdo sohasida kamida 2–3 yillik ish tajribasi.

  • Kamida 1 yil jamoani boshqarish tajribasi.

  • CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi.

  • Savdo voronkasi, KPI, konversiya, savdo rejasi va hisobotlar bilan ishlashni yaxshi bilish.

  • Savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va raqamlar asosida qaror qabul qila olish.

  • Muzokara olib borish va mijoz e'tirozlari bilan ishlash bo‘yicha tajriba.

  • Jamoani boshqarish, motivatsiya qilish va rivojlantirish ko‘nikmasi.

  • Mas'uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.

  • O‘zbek tilida erkin, rus tilini bilishi afzallik hisoblanadi.

  • B2B savdo yoki xizmatlar sohasidagi tajriba ustunlik beradi.

Kutiladigan natijalar

  • Savdo bo‘limining samaradorligi oshadi.

  • Mavjud savdo jarayonlaridagi kamchiliklar aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.

  • Savdo voronkasidagi konversiya yaxshilanadi.

  • CRM intizomi va ma'lumotlar sifati oshadi.

  • Sotuvchilar samaradorligi muntazam nazorat qilinadi va rivojlantiriladi.

  • Savdo rejasining bajarilish foizi oshadi.

  • Savdo hajmini oshirishga xizmat qiladigan yangi instrument va takliflar amaliyotga joriy etiladi.

  • Bo‘lim faoliyati bo‘yicha rahbariyat muntazam va aniq hisobotlar bilan ta'minlanadi.

KPI ko‘rsatkichlari

  • Oylik savdo rejasining bajarilish foizi.

  • Savdo hajmining o‘sishi.

  • Liddan sotuvgacha bo‘lgan konversiya.

  • Managerlar bo‘yicha individual KPI bajarilishi.

  • CRM intizomi va ma'lumotlarning to‘liqligi.

  • Yangi mijozlar soni.

  • Qayta sotuvlar soni.

  • O‘rtacha chek miqdori.

  • Sotuvchilar samaradorligining o‘sishi.

Sinov muddati (2 oy)

1-oy

  • Kompaniyaning mahsulotlari, xizmatlari va savdo jarayonlarini chuqur o‘rganish.

  • Mavjud savdo tizimi, CRM, savdo voronkasi va KPI ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

  • Har bir sotuvchining ishlash uslubi, kuchli va zaif tomonlarini baholash.

  • Savdo bo‘limidagi asosiy muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.

  • Rahbariyat bilan kelishilgan rivojlantirish rejasini ishlab chiqish.

2-oy

  • Kelishilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish va ularning natijalarini ko‘rsatish.

  • Savdo samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgarishlarni joriy qilish.

  • Konversiya, savdo hajmi yoki bo‘lim KPIlarida ijobiy o‘sishni ta'minlash.

  • Sotuvchilar bilan individual ishlash orqali ularning natijalarini yaxshilash.

  • Sinov muddati yakunida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va keyingi rivojlantirish rejasi bo‘yicha batafsil hisobot taqdim etish.

Адрес: Ташкент, улица Богибустан, 186

 

Откликнуться на вакансию

Дата
05.07 06.07
USD
2.9062 2.905
EUR
3.3096 3.3156
RUB
3.731 3.7314
CNY
4.2833 4.2863
CHF
3.5857 3.6082
GBP
3.85 3.8754
PLN
7.7059 7.724
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения