Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: Более 6 лет
Majburiyatlar:
- Ichki meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish (Nizom va reglamentlar)
• Mahsulot nizomlarini yaratish: Har bir yangi chakana mahsulot (masalan, yangi mikroqarz, avtokredit, onlayn omonat yoki keshbek tizimi) uchun uning shartlari, ajratish tartiblarini yozish.
• Texnologik sxemalar va reglamentlar tuzish: Bank operatori, kassiri yoki kredit mutaxassisi mahsulotni mijozga sotishda yoki rasmiylashtirishda qanday "qadamma-qadam" harakat qilishi kerakligini belgilovchi yoriqnomalarni ishlab chiqish.
• Shartnomalar andozalarini tayyorlash: Yuristlar bilan birgalikda mijozlar bilan tuziladigan ommaviy ofertalar, kredit, garov va omonat shartnomalari matnlarini bank manfaatlarini himoya qilgan va huquqiy xavflarni kamaytirgan holda shakllantirish. - Markaziy bank va Qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish (Compliance)
• Regulyator talablari nazorati: Markaziy bankning chakana mahsulotlar, foiz stavkalari, personal moliyaviy reyting va istemolchilar huquqlarini himoya qilish boyicha chiqargan yangi qarorlarini doimiy organish va bank mahsulotlarini ushbu qonunlarga moslashtirish;
• Tavakkalchiliklarni kamaytirish: Risk-menejment va Komplayens bolimlari bilan birgalikda mahsulotlar bo'yicha xavflarini baholash va ularni metodologik tarzda cheklash; - Xodimlarni oqitish va bilimlar bazasini yangilash:
• Oquv materiallarini tayyorlash: yangi chakana mahsulotlar boyicha qisqa qollanmalar, mikrotalim kontentlari va test savollarini ishlab chiqish.
• Ichki ekspert sifatida qatnashish: Murakkab chakana mahsulotlar joriy etilganda, filiallardagi boshqaruvchilar va bosh mutaxassislar uchun vebinarlar va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Talablar: - Bank tizimida (metodologiya, biznes-tahlil yoki chakana biznes yo'nalishida) kamida 5 yillik muvaffaqiyatli mehnat faoliyati;
- Markaziy Bankning chakana bank faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarini yaxshi tushunish;
- Biznes-jarayonlarni sxemaga tushirish instrumentlari (masalan, BPMN, Visio) bilan ishlay olish;
- Analitik fikrlash, detallarga e'tiborlilik va murakkab muammolarga sodda yechim topa olish;
- O'zbek va rus tillarida iqtisodiy terminologiyadan foydalangan holda xatosiz va tushunarli hujjat yoza olish.
- O'zbekistonning eng zamonaviy banklaridan birida yirik loyihalarni boshqarish imkoniyati;
- Raqobatbardosh oylik maosh (suhbat asosida, nomzodning malakasiga qarab);
- Zamonaviy ofis (Toshkent markazida).
Адрес: Ташкент, улица Тараса Шевченко, 1
Похожие вакансии