Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Vazifalar:
- Boshqarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni lozim darajada va samarali bajarish;
- bankning qabul qilinayotgan korporativ qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari loyihalari qonunchilikka va ichki qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishini taminlash, ishlarini yuritish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlar loyihalarini vizalash;
- boshqarma vakolati doirasida bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taminlash;
- bankning tasis hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etish va o‘rnatilgan tartibda Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat organlarida royxatdan otkazilishida komaklashish;
- Markaziy bankdan kelgan normativ-huquqiy hujjatlarni, qonunchilik hujjatlarini organish boyicha oquv mashgulotlarni tashkil qilib borish, normativ-huquqiy hujjatlar toplamining saqlanishini taminlash, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali barcha tarkibiy tuzilmalar va hududiy bolinmalarga yetkazish;
- ishlab chiqilayotgan ichki qoidalar va bankning tarkibiy bolimlari togrisidagi nizomlar loyihalarini ko‘rib chiqish, ularga ozgartirish va qoshimchalar kiritish, shuningdek oz kuchini yoqotgan deb topish boyicha ishlarni tashkil qilish va mazkur hujjatlarni tasdiqlash bilan bog‘liq Boshqaruv qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqish va vizalash;
- ishlab chiqilayotgan ichki qoidalar loyihalarini qonunchilikka va ichki qoidalarga muvofiqligini korib chiqish;
- ichki qoidalarni royxatdan otkazish, ularning qogoz va elektron shakldagi hisobini yuritish, saqlanishini va nazorat holatida bolishini taminlash ishlarini tashkil qilish;
- amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilayotgan ozgartirishlar yuzasidan bankka kelib tushgan hujjatlarni tarkibiy bolinmalarga yetkazish;
- tarkibiy bolinmalar tomonidan bankning ichki qoidalar va amaldagi qonunchilik hujjatlarini yuzasidan otkazilayotgan oquv seminarlar hisobini va nazoratini olib borish;
- mehnat nunosabatlariga oid hujjatlar, jumladan buyruqlar bilan ishlash, buyruqlarni qo‘rib chiqish va qonunchilikka mosligini ta’minlash;
- departament direktori, boshqarma boshligi va uning o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish;
- boshqarma ish faoliyati yuzasidan tuziladigan ish rejalar kelgusida bajarilishi lozim bolgan vazifalar yuzasidan takliflar berish.
Talablar:
- Oliy yuridik ma’lumot;
- MS Office (Word, Excel, Internet Explorer, Power Point) va boshqa elektron dasturlarida mukammal darajada ishlay olishi;
- Korporativ huquqini yaxshi bilishi, metodologik ko‘nikmkalarga ega bo‘lishi (jumladan ichki me’yoriy hujjatlar loyihalari bilan ishlash, qarorlar, farmoyishlarni tayyorlash);
- bevosita yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida 3 (uch) yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini yaxshi bilishi;
- Rus va Ingliz tilini bilishi ustunlikka ega.
Ish sharoiti:
- To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
- Ish joyi bosh bankning markaziy idorasi, Toshkent shahri;
- Munosib ish haqi.
Адрес: Ташкент
Похожие вакансии