Город: Ташкент
Зарплата:
от 4000000
до 8000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Lavozim maqsadi
Komplaniyadagi tovar-moddiy boyliklarning to‘g‘ri hisobini nazorat qilish, ombor va savdo nuqtalaridagi mahsulot qoldiqlarini tekshirish, kamomad yoki ortiqcha holatlarni aniqlash hamda ularning tizimdagi ma’lumotlarga mosligini ta’minlash. Shuningdek, bo‘limlarning belgilangan reglament asosida ishlashini nazorat qilish.
Asosiy vazifalar
- Ombor va savdo nuqtalaridagi mahsulot qoldiqlarini tekshirish
- Mahsulotlarni sanab chiqish va tizimdagi qoldiq bilan solishtirish
- Rejalashtirilgan reviziya va inventarizatsiyalarni o‘tkazish
- Kamomad va ortiqcha mahsulotlarni aniqlash hamda sabablarini tahlil qilish
- Tekshiruv natijalari bo‘yicha rahbariyatga hisobot taqdim etish
- Reviziya natijalarini Excel yoki Google Sheets dasturlarida yuritish
- Mahsulotlarning to‘g‘ri joylashtirilgani va ombordagi tartibni nazorat qilish
- Bo‘limlarning ichki reglamentlarga amal qilishini tekshirish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
- Excel va Google Sheets dasturlarida ishlay olish
- Hisob-kitob va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Mas’uliyatli, halol va diqqatli bo‘lish
- Qurilish ombori yoki reviziya yo‘nalishida ish tajribasi bo‘lish
- Jamoa bilan samarali ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish
Biz taklif qilamiz
- Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi
- Davomat uchun bonus
- KPI asosidagi qo‘shimcha daromad imkoniyati
- Do‘stona va professional jamoa
- Karyera o‘sishi va rivojlanish imkoniyati
- Rasmiy mehnat munosabatlari
Адрес: населённый пункт Кирарык
Похожие вакансии