Город: Ташкент
Зарплата:
от 4500000
до 6000000
UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Lavozim haqida
KANS COMFORT TORG MCHJ jamoasiga mas'uliyatli, tartibli va tashabbuskor Administrative Coordinator (Office Manager) izlamoqda.
Ushbu lavozim kompaniyaning ma'muriy jarayonlarini muvofiqlashtirish, rahbariyat faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda buxgalteriya va tender bo'limlarining hujjatlar bilan bog'liq ishlarini samarali tashkil etishga mas'ul bo'ladi.
Asosiy vazifalar:
- Kompaniyaning ichki hujjatlar aylanishini yuritish va nazorat qilish.
- Buyruqlar, xatlar, shartnomalar, ishonchnomalar va boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash.
- Rahbariyatning ish jadvali, uchrashuvlari, xizmat safarlari va topshiriqlarini muvofiqlashtirish.
- Hisobotlar, taqdimotlar va xizmat yozishmalarini tayyorlash.
- Buxgalteriya uchun zarur hujjatlarni tayyorlash, tekshirish va to'lov jarayonlarini hujjatlar bilan ta'minlash.
- Tender hujjatlarini yig'ish, rasmiylashtirish va elektron bazaga joylashtirishda ko'maklashish.
- Hamkorlar, davlat tashkilotlari va kontragentlar bilan rasmiy hujjatlar almashinuvini tashkil etish.
- Korporativ hujjatlar arxivini yuritish va ma'lumotlarning tartibli saqlanishini ta'minlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot.
- Administrator, Office Manager, Executive Assistant yoki shunga o'xshash lavozimda kamida 1 yillik tajriba.
- Rasmiy hujjatlar bilan ishlash tajribasi.
- Microsoft Word, Excel, PowerPoint va Google Drive bilan erkin ishlash.
- Hujjatlarni tez, aniq va xatosiz tayyorlash ko'nikmasi.
- Yuqori darajadagi mas'uliyat, diqqat va tashkilotchilik qobiliyati.
- Kuchli yozma va og'zaki muloqot ko'nikmalari.
Afzaliklar:
- Tender yoki davlat xaridlari jarayonini tushunish.
- Didox, my.soliq, E-imzo yoki boshqa elektron hujjat aylanish tizimlarini bilish.
- ChatGPT yoki boshqa AI vositalaridan ish jarayonida foydalanish.
- Prezentatsiyalar va biznes hujjatlarini tayyorlash tajribasi.
Takliflarimiz:
- Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash.
- Professional va qo'llab-quvvatlovchi jamoa.
- Turli bo'limlar bilan ishlash orqali keng tajriba orttirish imkoniyati.
- Kasbiy rivojlanish va o'sishi.
- Mehnat qadrlanadigan va adolatli baholanadigan ish haqi.
Адрес: Ташкент, жилой комплекс Зарафшан сити
Похожие вакансии