Просмотр вакансии

Сегодня 15-07-2026 14:34
15.07.2026, 13:28

Videograf

Работодатель: LOOOK

Город: Ташкент
Зарплата:  от 8000000 до 10000000 UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

Vakansiya: Videograf

LOOOK jamoamizga Videografni ishga taklif qilamiz!

Sharoitlar:

  • Rasmiy ishga joylashish.

  • Oylik maoshni o'z vaqtida to'lash.

  • 9 soatlik ish kuni (tushlik vaqti bilan birga).

  • 5 kunlik ish haftasi (xohishga ko'ra 6 kun ham bo'lishi mumkin).

  • "LOOOK" kompaniyasi hisobidan kuniga bir mahal ovqatlanish.

  • O'z vaqtida to'lanadigan mehnat ta'tili.

  • O'zbek yoki ingliz tillarini bilganlik uchun ish haqiga 10% gacha ustama.

  • Kasbiy o'sish uchun qo'shimcha treninglar.

  • Sayohat qilish imkoniyati.

  • Ahil va do'stona jamoa.

  • Bozordagi raqobatbardosh oylik maosh.

Vazifalar:

  • Video tasvirga olish: Kompaniya mahsulotlari, xizmatlari va tadbirlarini yuqori sifatda tasvirga olish (Instagram Reels, TikTok, YouTube va boshqa platformalar uchun).

  • Video montaj: Tasvirga olingan materiallarni professional darajada montaj qilish, ranglar bilan ishlash (color correction), ovoz dizayni va kerakli maxsus effektlarni (motion design) qo'shish.

  • Uskunalar bilan ishlash: Kameralar, stabilizatorlar, yorug'lik va ovoz yozish moslamalarini sozlash hamda ulardan to'g'ri foydalanish.

  • Jamoaviy hamkorlik: Loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun boshqa bo'limlar bilan faol ish olib borish va belgilangan dedlaynlarga (muddatlarga) rioya qilish.

    Talablar:

  • Tajriba: Videograf va montaj ustasi sifatida kamida 1-2 yillik ish tajribasi.

    Sun'iy intellekt (AI) bilan ishlash: Video yaratish, sifatini oshirish, montaj qilish yoki kreativ g'oyalar izlash jarayonida AI vositalaridan (ChatGPT, Midjourney, Adobe Firefly, Topaz Video AI va boshqa neyrotarmoqlardan) samarali foydalana olish qobiliyati.

  • Dasturlarni bilish: Adobe Premiere Pro, After Effects, DaVinci Resolve, CapCut yoki Final Cut kabi professional montaj dasturlarida erkin ishlay olish.

  • Portfolio (Majburiy): Bajarilgan eng yaxshi ishlaringizdan iborat sifatli portfolio mavjudligi.

  • Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va bizning jamoaga qo'shilishni xohlasangiz, rezyumengizni va portfoliongizni elektron manzilimizga (yoki telegram raqamimizga) yuboring.

    P.S. Agar siz boshqa joyda ishlasangiz va rahbariyatingiz ishdan ketish niyatingiz haqida bilmasa, iltimos, bizni bezovta qilmang. (Bunday insonlarga hozirgi ish joyida ularni nima qoniqtirmayotgani haqida rahbariyat bilan ochiq gaplashib olishni tavsiya qilamiz).

  • Kreativlik va vizual did: Kadrlarni chiroyli ko'ra bilish, yorug'lik va kompozitsiya bilan ishlay olish, dinamik va diqqatni tortuvchi videolar yarata olish qobiliyati.

  • Texnika bilan ishlash malakasi: Professional kameralar (DSLR/Mirrorless), dron (ixtiyoriy, lekin ustunlik beradi) va yoritish uskunalari bilan ishlashni bilish.

  • Tillarni bilish: O'zbek tilini yaxshi darajada bilish.

Адрес: Ташкент, Шайхантахурский район, жилой комплекс Boulevard

 

Откликнуться на вакансию

Дата
15.07 16.07
USD
2.8638 2.8864
EUR
3.2651 3.2957
RUB
3.7282 3.7044
CNY
4.2245 4.2611
CHF
3.5271 3.5597
GBP
3.8314 3.8658
PLN
7.5172 7.6148
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения