Просмотр вакансии

Сегодня 24-07-2026 02:22
23.07.2026, 17:39

Yashirin iqtisodiyotni baholash uslubiyoti va monitoringi bo'limi boshlig'i

Работодатель: Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 3 до 6 лет

Milliy statistika qo'mitasi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti jamoasi mas'uliyatli, strategik fikrlaydigan hamda kuchli boshqaruv va tahliliy ko'nikmalarga ega nomzodni Yashirin iqtisodiyotni baholash uslubiyoti va monitoringi bo'limi boshlig'i lavozimiga taklif etadi.

Lavozim majburiyatlari:

  • yashirin iqtisodiyotni baholash uslubiyotlarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  • bo'lim faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • makroiqtisodiy va statistik tahlillarni amalga oshirish;
  • Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi metodologiyalari asosida hisob-kitoblarni yuritish;
  • statistik modellarni ishlab chiqish va katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish;
  • tahliliy hisobotlar va rahbariyat uchun takliflar tayyorlash;
  • bo'lim KPI ko'rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash;
  • xalqaro ekspertlar hamda davlat organlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish;
  • nazoratdagi topshiriqlar va murojaatlarning o'z vaqtida ijrosini ta'minlash.

Malakaviy talablar:

  • iqtisodiyot, statistika, ekonometrika yoki Data Analytics yo'nalishida oliy ma'lumot;
  • statistika, makroiqtisodiy tahlil yoki tadqiqot sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • SPSS, Stata, R, Python va Excel dasturlarida ishlash;
  • Jahon banki va XVJ metodologiyalarini hamda yashirin iqtisodiyotni baholash usullarini bilish;
  • davlat tilini mukammal, ingliz tilini yaxshi bilish;
  • analitik fikrlash, liderlik va strategik qaror qabul qilish qobiliyati.

Afzalliklar:

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • davlat statistika tizimida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritish;
  • xalqaro ekspertlar bilan ishlash imkoniyati;
  • zamonaviy tahliliy loyihalarda ishtirok etish;
  • barqaror va munosib ish haqi;
  • 5/2 ish jadvali;
  • malaka oshirish va xalqaro o'quv dasturlarida qatnashish imkoniyati.

Адрес: Ташкент, Мирзо-Улугбекский район

 

Откликнуться на вакансию

Дата
23.07 26.07
USD
2.8909 2.8853
EUR
3.2969 3.2928
RUB
3.6842 3.6854
CNY
4.2753 4.2753
CHF
3.5567 3.5418
GBP
3.8651 3.8581
PLN
7.6111 7.6129
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения