Город: Ташкент
Зарплата:
от 3000000
до 15000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Toshkent shahridagi showroom jamoasiga mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, savdoda tajribali va natijaga intiladigan sotuv bo‘yicha menejer kerak.
Bizga shunchaki mahsulot sotadigan emas, balki mijoz bilan to‘g‘ri muloqot qila oladigan, ishonch uyg‘otadigan va savdoni chiroyli yakunlay oladigan mutaxassis kerak.
Asosiy vazifalar:
— Showroomga kelgan mijozlarni kutib olish;
— Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos mahsulotni tavsiya qilish;
— Mahsulotlar haqida aniq va tushunarli ma’lumot berish;
— Savdo jarayonini olib borish va yakunlash;
— Mijozlar bilan iliq va ishonchli munosabat o‘rnatish;
— Savdo ko‘rsatkichlarini oshirishga harakat qilish;
— Showroom tartibi va xizmat ko‘rsatish sifatini saqlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
— Ayol nomzod, 25–35 yosh;
— Savdo sohasida kamida 3 yillik tajriba;
— O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish;
— Rus tilini bilish afzallik hisoblanadi;
— Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi;
— Yoqimli va tartibli tashqi ko‘rinish;
— Xushmuomalalik va kuchli muloqot qobiliyati;
— Har xil xarakterdagi mijozlar bilan ishlay olish;
— Yangi ma’lumotlarni tez o‘zlashtirish;
— Stressga chidamlilik, mas’uliyat va faollik;
— Xarizma va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
— 3 000 000 – 5 000 000 so‘m fix maosh;
— Savdodan foiz va qo‘shimcha bonuslar;
— 15 000 000 so‘mgacha daromad qilish imkoniyati;
— 1 haftalik stajirovka;
— Stajirovka davrida qisman kunlik to‘lov;
— Barqaror ish joyi;
— Do‘stona va faol jamoa;
— Savdo ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish imkoniyati.
Bu vakansiya mijozlar bilan ishlashni yoqtiradigan, chiroyli muloqot qila oladigan va yuqori daromadga intiladigan nomzodlar uchun.
Agar siz savdoda tajribaga ega bo‘lsangiz, odamlar bilan tez til topisha olsangiz va o‘z daromadingizni oshirishni xohlasangiz — biz sizni jamoamizda kutamiz!
Адрес: Ташкент, проезд Фараби, 94
Похожие вакансии