Город: Ташкент
Зарплата:
от 12000000
до 18000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
AYNIMO kompaniyasi
Lavozim: Do'kon menejeri (Fashion Retail)
Biz — kiyim va poyabzal yo'nalishida faoliyat yurituvchi rivojlanayotgan fashion retail kompaniyamiz. Tarmog'imizni kengaytirish jarayonida jamoamizga tajribali va natijaga yo'naltirilgan Do'kon menejerini taklif qilamiz.
Mas'uliyatlar:
- Do'kon faoliyatini kundalik operativ boshqarish va sotuv rejasi bajarilishi uchun javobgarlik
- Jamoani (administrator, merchandayzer, sotuvchi-konsultantlar, kassir, ombor xodimlari) boshqarish, vazifalarni taqsimlash va nazorat qilish
- Xodimlarni jalb qilish, o'rgatish va motivatsiya qilish, smenalarni rejalashtirish
- Tovarlarni joylashtirish (merchandayzing) standartlariga rioya etilishini nazorat qilish
- Mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada ushlab turish
- Zaxira darajasi, tovar aylanmasi va inventarizatsiya jarayonlarini kuzatish
- Bosh ofis (Regional menejer, Planning va Marketing bo'limlari) bilan aksiya, taqsimot va transfer masalalarida muvofiqlashtirilgan holda ishlash
- Kunlik/oylik hisobotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish
Talablar:
- Chakana savdo (afzalroq — fashion/kiyim-poyabzal) sohasida kamida 1–3 yillik boshqaruv tajribasi
- Jamoa bilan ishlash va yetakchilik ko'nikmalari
- Sotuvga yo'naltirilganlik, natija uchun javobgarlik
- 1C yoki boshqa savdo/kassa dasturlari bilan ishlash ko'nikmasi (afzallik)
- Yaxshi muloqot qobiliyati va mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv
- Smenali grafik va dam olish kunlarida ishlashga tayyorlik
- Intizomlilik va tashkilotchilik qobiliyati
Biz taklif qilamiz:
- Rasmiy ish (mehnat shartnomasi bo'yicha rasmiylashtirish)
- Oylik maosh + natijaga qarab 10–15% qo'shimcha ustama
- Qo'shimcha KPI bonuslari
- Har oy barcha tovarlarga 10% xodimlar chegirmasi
- Kompaniya hisobidan issiq tushlik
- Tug'ilgan kun va nikoh to'yi uchun mukofot puli
- Farzandli bo'lganda suyunchi puli
- Yangi yil va Hayit bayramlarida pul mukofotlari
- Kasbiy va martaba o'sishi imkoniyati (tarmoq kengayishi bilan Regional menejer darajasiga o'sish istiqboli)
Адрес: Ташкент, Шайхантахурский район, махаллинский сход граждан Укчи
Похожие вакансии