Город: Ташкент
Зарплата:
от 8000000
до 12000000
UZS
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 3 до 6 лет
Biz haqimizda:
Ihlos Furniture — HoReCa yo‘nalishi uchun zamonaviy Hi-Tech uslubida ergonomik va chidamli yumshoq mebel ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jamoamizga Xom ashyo ombori uchun tajribali Ombor mudiri lavozimiga nomzodlarni taklif qilamiz.
Mas'uliyatlar:
• Xom ashyo, furnitura va tayyor mahsulotlarni qabul qilish, tushirish, joylashtirish va saqlash jarayonini tashkil etish hamda nazorat qilish.
• Ombordagi moddiy boyliklarning saqlanishi va butligini ta’minlash.
• Kirim-chiqim hujjatlari va ombor hisobini to‘g‘ri yuritish.
• Ishlab chiqarish bo‘limlarini zarur materiallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash.
• Qoldiqlar hisobini yuritish va inventarizatsiya jarayonlarini o‘tkazish.
• Ombor xodimlari ishini muvofiqlashtirish va ombor tartibini ta’minlash.
Talablar:
• Xom ashyo ombori (ishlab chiqarish) bo‘yicha kamida 3–6 yillik tajriba va rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajriba.
• Ombor hisobini yuritish bo'yicha dasturlarda ishlash ko'nikmasi.
• Jamoani boshqarish va operatsion qarorlarni ishlab chiqarish va amalda joriy etish.
Адрес: населённый пункт Дамарык, проспект Келес, 95
Похожие вакансии