Просмотр вакансии

Сегодня 02-07-2026 01:28
23.06.2026, 17:55

Maktab Psixologi

Работодатель: Rahimov School

Rahimov School

Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 3 до 6 лет

Javoningizda Jan Piaje va Abdulla Avloniy qarashlari yonma-yon turibdimi? G‘arb metodikalarini milliy dunyoqarashimizga moslay olsangiz hamda psixologiyani bolalar qalbini tushunish san’ati deb bilsangiz — Rahimov School (Ibn Sino filiali) sizni kutyapti!

Biz bolalarga haqiqiy tayanch, ota-ona va o‘qituvchilarga esa ishonchli hamkor bo‘la oladigan malakali psixologni qidirmoqdamiz. (Eslatma: Haqiqiy kasbiy mahoratingizni ko‘rsatishingiz uchun e’lon so‘ngida maxsus keys-topshiriq qoldirganmiz!)

Biz sizga qanday muhit va sharoitlarni taklif qilamiz?

  • Haqiqiy Work-Life Balance: Ish vaqtidan keyin ma’muriyat yoki ishchi guruhlar tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati. Biz sizning shaxsiy chegaralaringiz va dam olish vaqtingizni hurmat qilamiz.

  • Moliyaviy barqarorlik va o‘sish: Bozor ko‘rsatkichlaridan 20% yuqori bo‘lgan maosh, Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy shartnoma, kafolatlangan ta’til va oyiga 2 marta (avans va oylik) o‘z vaqtida to‘lov. Har o‘quv yilida ish haqining oshirib borilishi.

  • Oila uchun g‘amxo‘rlik: Farzandingiz maktabimizda tahsil olishi uchun 3 250 000 so‘mgacha chegirma. O‘zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta’tillari.

  • Doimiy rivojlanish: Kasbiy yuksalishingiz va tajriba almashishingiz uchun nufuzli xalqaro trening va sammitlarda ishtirok etishingizga ko‘maklashamiz.

  • Yoqimli bonus: Maktab hududida shinam oshxona va maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar.

  • Ish vaqti: 5/2, 08:30 – 17:30. Shanba kunlari navbatchilik asosida (09:00 – 14:00).

Sizning asosiy vazifalaringiz nimalardan iborat bo‘ladi?

  • Moslashuv (Adaptatsiya): Yangi o‘quvchilarning maktab muhitiga og‘riqsiz, qulay va stresslarsiz kirishib ketishini psixologik qo‘llab-quvvatlash.

  • Sog‘lom muloqot muhiti: O‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida samimiy, o‘zaro ishonchga asoslangan va nizolardan xoli psixologik muhit yaratish; murakkab hamda inqirozli vaziyatlarda vazminlik va odob bilan to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish.

  • Individual ko‘mak: Qiyin vaziyatga tushib qolgan yoki hissiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan o‘quvchilar bilan chuqur individual konsultativ ishlarni olib borish.

  • Jonli metodika: Pedagogik kengashlarda ishtirok etish, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun qog‘ozbozlikdan yiroq, amaliy va qiziqarli treninglar, ma’ruzalar tashkil qilish.

Biz qanday nomzodni ko‘rishni istaymiz?

  • Madaniyat va til: O‘zbek tilini mukammal va erkin muloqot darajasida bilish, milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarimizni chuqur his qila olish (rus yoki ingliz tillarini bilish — sizning ustunligingiz bo‘ladi).

  • Tajriba: Bolalar bilan ishlashda kamida 3 yillik tajriba. Maktab tizimida ishlagan bo‘lsangiz ajoyib, agar xususiy amaliyotda kuchli natijalarga erishgan bo‘lsangiz va bolalar tilini mukammal bilsangiz — biz eshiklarimizni ochishga tayyormiz.

  • Ma’lumot: Psixologiya sohasida oliy ma’lumot va turli psixologik metodikalarni amaliyotda erkin qo‘llay olish ko‘nikmasi (shaxsiy kasbiy sertifikatlar qadrlanadi).

  • Shaxsiy xislatlar: Yuqori empatiya, xolislik, kasbiy etika, tartiblilik va bolalar bilan ishlashda cheksiz sabr-toqat.

    Saralash bosqichi: Kichik keys-topshiriq Biz internetdan nusxa ko‘chirilgan (copy-paste) bir xil shablon xatlarni ko‘rib chiqmaymiz. Vakansiyaga ariza yuborish (отклик) tugmasini bosganda, hamrohlik xati (сопроводительное письмо) maydonida quyidagi real vaziyatga o‘z yondashuvingizni qisqacha (7-10 ta gapda) yozib qoldiring:

    Keys: 8-sinf o‘quvchisi keskin o‘smirlik davrini boshdan kechirmoqda: xulq-atvori o‘zgargan, darslarni o‘zlashtirishi sezilarli darajada pasaygan. Ota-onasi esa buni o‘smirlik krizisi deb emas, shunchaki "dangasalik", "yalkovlik" yoki "erkalik" deb baholamoqda va vaziyatni qattiqqo‘llik, taqiqlar yoki bosim bilan hal qilmoqchi.

    Siz professional psixolog sifatida ota-onaga quruq ilmiy terminlarsiz, ular eshita oladigan tilda vaziyatning asl sababini qanday tushuntirasiz? Eng muhimi — ota-ona va bola o‘rtasida o‘zaro tushunish ko‘prigini qanday qurasiz?


    Sizning javobingiz — biz uchun kasbiy mahoratingiz hamda hissiy salohiyatingiz aksidir.

Адрес: Ташкент, Шайхантахурский район, махаллинский сход граждан Ибн Сино

 

Откликнуться на вакансию

Дата
01.07 05.07
USD
2.9041 2.9062
EUR
3.3099 3.3096
RUB
3.7384 3.731
CNY
4.2854 4.2833
CHF
3.5871 3.5857
GBP
3.8437 3.85
PLN
7.6991 7.7059
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения