Просмотр вакансии

Сегодня 01-07-2026 07:06
29.06.2026, 12:11

Maktab psixologi

Работодатель: JAHON SCHOOL

JAHON SCHOOL

Город: Ташкент
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 3 до 6 лет

Biz o‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun ishonchli tayanch bo‘la oladigan, bolalar bilan mahalliy madaniy xususiyatlar kontekstida ishlashni biladigan professional mutaxassisni izlayapmiz.

Vazifalar:

  • O‘quvchilarni maktabga qabul qilish jarayonida ishtirok etish.

  • Bolalar va o‘smirlar uchun individual va guruhiy maslahatlar o‘tkazish.

  • O‘quvchilarning hissiy holati, shaxsiy xususiyatlari va ijtimoiy ko‘nikmalarini diagnostika qilish.

  • Moslashuv davrida hamrohlik qilish va nizoli holatlarni hal etishda yordam berish.

  • Muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil etish va o‘tkazish.

  • Ota-onalarni maslahat bilan ta’minlash va bolalar bilan ishlash natijalari haqida ularni xabardor qilish.

  • O‘qituvchilarga motivatsiya, hissiy holat va o‘quvchilarning xulq-atvori xususiyatlari bo‘yicha maslahat berish.

Talablar:

  • "Psixologiya", "Pedagogika va psixologiya" yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlarda oliy ma’lumot.

  • Maktabda kamida 5 yillik ish tajribasi.

  • Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish.

  • Kompyuterda ishlash ko‘nikmalari: Office dasturlari, Google Docs, Google Sheets.

  • O‘zbek mentaliteti, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini chuqur tushunish.

Kasbiy sifatlar:

  • Psixologik bilim va malaka.

  • Boshqaruv va tashkiliy ko‘nikmalar.

  • Rivojlangan kommunikativ va pedagogik qobiliyatlar.

  • Yuridik va axloqiy savodxonlik.

  • Yuqori stressga bardoshlilik va hissiy intellekt.

Biz taklif qilamiz:

  • Zamonaviy va qulay ish muhiti (Tinchlik metro bekati yaqinida).

  • 6 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha. (Shanba - qisqartirilgan ish kuni).

  • Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

  • Raqobatbardosh oylik (Maosh tajriba asosida suhbatda kelishiladi).

  • Kompaniya hisobidan mazali tushliklar.

  • Bizning hisobdan o‘qishlar va treninglar.

  • Jamoaviy tadbirlar, korporativlar va o‘sishga undovchi muhit.

Адрес: Ташкент, улица Беруни, 83

 

Откликнуться на вакансию

Дата
30.06 01.07
USD
2.9066 2.9041
EUR
3.3144 3.3099
RUB
3.7386 3.7384
CNY
4.2675 4.2854
CHF
3.5944 3.5871
GBP
3.8419 3.8437
PLN
7.7269 7.6991
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения