Город: Ташкент
Зарплата:
от 30000000
UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 3 до 6 лет
Raqamli statistika markazi MCHJ jamoaga Direktor taklif etadi!
Milliy statistika qo'mitasi huzuridagi Raqamli statistika markazi MCHJ — statistika sohasini raqamlashtirish yo'nalishida faoliyat yurituvchi tashkilotning strategik rivojlanishiga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan, energiyali va tajribali rahbarni Direktor lavozimiga taklif etadi.
Lavozim majburiyatlari:
- Milliy statistika tizimini raqamlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; AI va Big Data asosidagi yechimlarni joriy etishni ta'minlash.
- my.stat.uz va geofazoviy portal faoliyatini tashkil etish, raqamli xizmatlar ulushini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va nazorat qilish.
- "Survey as a Service" modeli va autsorsing asosida statistik kuzatuvlar, ijtimoiy va marketing tadqiqotlar, elektron so'rovnomalar o'tkazish xizmatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish.
- Statistik va idoraviy registrlarni yaratish, integratsiya qilish va takomillashtirishni qonunchilik talablari doirasida ta'minlash.
- Tadqiqotchilar va boshqa foydalanuvchilar uchun anonimlashtirилган mikroma'lumotlarni raqamli taqdim etish tizimini joriy etish va nazorat qilish.
- Yuridik va jismoniy shaxslar bilan statistik, konsalting, tahliliy, axborot va nashriyot xizmatlarini shartnoma asosida rivojlantirish, yangi mijozlarni jalb etish va daromadlarni oshirish.
Malakaviy talablar:
- Axborot texnologiyalari, axborot tizimlari, data science, amaliy matematika, statistika, iqtisodiyot yoki raqamli transformatsiya sohasida oliy ma'lumot;
- Raqamlashtirish, axborot tizimlari, ma'lumotlarni boshqarish, raqamli mahsulotlarni ishlab chiqish yoki IT-loyihalar sohasida kamida 5 yillik umumiy ish staji;
- Kamida 3 yillik rahbarlik ishi tajribasi;
- Raqamli platformalar, portallar, registrlar, integratsiya yechimlari yoki davlat axborot tizimlarini ishga tushirish, modernizatsiya qilish yoki yuritish bo'yicha tasdiqlangan tajriba;
- Ma'lumotlar arxitekturasi, API-integratsiyalar, axborot tizimlarining davomiyligini, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoyasi haqida tushunchaga ega bo'lish;
- To'liq bosqichli loyihalarni boshqarishda amaliy tajriba: konsepsiya, texnik topshiriq, ishlab chiqish, sinov, ishga tushirish va texnik xizmat ko'rsatish;
- O'zbek va rus tillarini bilish; ingliz tilini bilgan nomzodlarga afzallik beriladi.
Afzalliklar:
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Davlat boshqaruv tizimida shaxsiy va kasbiy rivojlanish;
- Yuqori Malakali mutaxasisslar bilan ishlash va muhim davlat loyihalarida ishtirok etish imkoniyati;
- Barqaror va o'z vaqtida to'lanadigan munosib ish haqi;
- Ish jadvali: 5/2, to'liq ish kuni;
- Qonunchilikka muvofiq ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar;
- Qulay ish joyi va ahil jamoa;
- Tashkilot hisobidan malaka oshirish va o‘quv dasturlarida qatnashish.
Адрес: Ташкент, Мирзо-Улугбекский район
Похожие вакансии