Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 3 до 6 лет
- Farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirishda ishtirok etish.
- Texnologik reglamentlar, yo‘riqnomalar, SOP/SOJ va boshqa ishlab chiqarish hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish.
- Ishlab chiqarish uchastkalari va texnologik jarayonlarning GMP talablariga muvofiqligini baholash.
- Korxonalarni GMP sertifikatlashtirish va inspeksiyalarga tayyorlash jarayonida ishtirok etish.
- Validatsiya, kvalifikatsiya va texnologik jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish.
- Ishlab chiqarish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Ichki audit, trening va maslahat xizmatlarida ishtirok etish.
- Mijoz korxonalarga ishlab chiqarish texnologiyasi va GxP talablariga oid amaliy tavsiyalar berish.
- Farmatsevtika, kimyo-texnologiya, biotexnologiya yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
- Farmatsevtika ishlab chiqarish sohasida ish tajribasi.
- Dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonlari haqida amaliy bilimga ega bo‘lish.
- GMP talablari, SOP/SOJ, validatsiya va kvalifikatsiya bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
- Texnologik va ishlab chiqarish hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi.
- O‘zbek va rus tillarini bilish.
- Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
- Mas’uliyatli, tartibli va analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish
- Rivojlanayotgan davlat tashkilotida professional jamoa tarkibida ishlash.
- Mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda xorijga xizmat safarlariga chiqish imkoniyati.
- Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati.
Адрес: Зангиатинский район, махаллинский сход граждан Багзар
Похожие вакансии