Город: Ташкент
Занятость: Полная, 6/1
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Biz avtoservislar faoliyatini raqamlashtirish uchun mo‘ljallangan zamonaviy ERP tizimi va mobil platformanirivojlantirmoqdamiz. Platformamiz orqali avtoservislar mijozlar bazasi, servis tarixi, ustalar faoliyati, moliyaviy hisobotlar hamda boshqa biznes jarayonlarini yagona tizim orqali samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Agar siz muloqot qilishni, muzokara olib borishni va savdo orqali natijaga erishishni yoqtirsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Asosiy vazifalar
• Avtoservis va servis markazlariga tashrif buyurish
• Mahsulot taqdimotlarini o‘tkazish va ERP tizimining afzalliklarini tushuntirish
• Yangi korporativ mijozlarni (B2B) jalb qilish
• Potensial mijozlar bazasini shakllantirish va yuritish
• CRM tizimida uchrashuvlar va muzokaralar natijalarini qayd etish
• Mijozlarning savollariga professional javob berish
• Demo taqdimotlar o‘tkazish va mijozlarni platformani sinovdan o‘tkazishga jalb qilish
• Belgilangan oylik savdo rejasini bajarish
Talablar
• Savdo sohasida kamida 1 yillik tajriba
• O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish
• Rus tilini suhbat darajasida bilish
• Faol, tashabbuskor va mijozlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish
• IT mahsulotlari va mobil ilovalarni tez o‘zlashtira olish
• CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi afzallik beradi
• Shaxsiy avtomobil va haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lsa ustunlik beriladi
• Avtoservis yoki avtomobil sohasidagi tajriba qo‘shimcha afzallik hisoblanadi
Biz taklif qilamiz
Maosh: suhbat asosida
Savdo natijalariga qarab KPI bonuslari
• Raqobatbardosh daromad tizimi
• Karyera o‘sishi va professional rivojlanish imkoniyati
• Yosh, energiyaga boy va do‘stona jamoa
• Zamonaviy IT mahsulot bilan ishlash tajribasi
• Innovatsion loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
Ish vaqti
• Dushanba – Shanba
• To‘liq stavka
Адрес: Ташкент, Алмазарский район, махаллинский сход граждан Гани Аъзамов
Похожие вакансии