Просмотр вакансии

Сегодня 13-07-2026 17:57
09.07.2026, 15:20

Middle PPC-Mutaxassisi (Kontekst reklama uchun)

Работодатель: YATT USMONJONOV AKMALJON USMONJON O‘G‘LI

Город: Ташкент
Зарплата:  от 8000000 до 15000000 UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет

UsmonDigital – B2B yo'nalishiga ixtisoslashgan tizimli reklama agentligi. Biz shunchaki reklama sozlamaymiz, balki chuqur tizimlilik, yunit-ekonomika va qat'iy sifat standartlari (SLA, SOP) asosida mijozlarimiz biznes ko'rsatkichlarini o'stirishga xizmat qilamiz.

Biz biznesni o'zimizning axloqiy va diniy tamoyillarimizga qat'iy rioya qilgan holda quramiz va Islomda taqiqlangan sohalar (alkogol, qimor o'yinlari, sudxo'rlik va shunga o'xshashlar) bilan ishlamaymiz.

Asosiy vazifalaringiz:

  • Kampaniyalarni boshqarish: Google Ads va Yandex Direct platformalarida performance-marketing kampaniyalarini to'liq sozlash, yuritish va optimallashtirish (qo'shimcha: Telegram Ads, Meta, LinkedIn Ads).

  • Tizimli intizom: Loyihalarni agentlik standartlariga mos holda, ActiveCollab task-menejerida «Loyiha pasporti» va «Strategik loglar»ni (strategik o'zgarish va a/b testlar jurnali) CEO eslatmasisiz, muntazam va mustaqil to'ldirib borish.

  • SLA talablariga rioya qilish: Belgilangan sifat standartlari (SLA) va muntazam texnik vazifalarni mijoz oldidagi majburiyatlarga muvofiq qat'iy bajarish.

  • Analitika va hisobotlar: Looker Studio orqali ma'lumotlar yig'ishni avtomatlashtirish , har oylik hisobotlarni Chuqur tahliliy xulosa (Biznes-tahlil va keyingi oy strategiyasi) bilan taqdim etish. Mijozlarning yunit-ekonomikasi va o'sish ko'rsatkichlarini (SQL Rate, CAC, Mavsumiylik, CRM ma'lumotlari) tahlil qilish.

  • Mentorlik: Junior-mutaxassislarni o'qitish, jamoaga moslashtirish (onboarding) va ularga kasbiy ko'maklashish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:
  • Performance-marketing (Google Ads, Yandex.Direct) sohasida kamida 2 yillik tasdiqlangan ish tajribasi (Middle darajasi).

  • Majburiy sertifikatlar: "Google Ads Qidiruv reklamasi", Yandex.Direct va Google Analytics bo'yicha aktual professional sertifikatlarga ega bo'lish.

  • Rus tilini mukammal bilish – kampaniyalarni yuritish, auditlar tayyorlash va hisobotlarni taqdim etish uchun majburiy shart.

  • Biznes-matematika va metrikliklar (ROMI, LTV, CAC, CRM ma'lumotlari) bilan ishlash va tahlil qila olish tajribasi.

  • Agentlikning ichki yo'riqnomalari (SOP) va sifat standartlariga (SLA) qat'iy rioya qilish madaniyati.

Biz nima taklif qilamiz:
  • B2B segmentiga yo'naltirilgan va aniq strategik maqsadlarga ega agentlikda ishlash.

  • Shaffof karyera va greydlar tizimi.
  • Avtomatlashtirilgan ish jarayonlari (ActiveCollab, SOP, Google Drive, Google Workspace).
  • Professional o'sish va kelajakda mentorlik hamda ichki QA (sifat nazorati) funksiyalariga ega Senior-mutaxassis darajasiga ko'tarilish imkoniyati.

Адрес: Ташкент, улица Алишера Навои, 44

 

Откликнуться на вакансию

Дата
13.07 14.07
USD
2.8696 2.864
EUR
3.2797 3.2737
RUB
3.7472 3.7336
CNY
4.2301 4.2219
CHF
3.557 3.5393
GBP
3.8485 3.8348
PLN
7.5426 7.5715
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения