Просмотр вакансии

Сегодня 13-07-2026 18:43
13.07.2026, 17:15

Junior PPC-Mutaxassisi (Kontekst reklama uchun)

Работодатель: YATT USMONJONOV AKMALJON USMONJON O‘G‘LI

Город: Ташкент
Зарплата:  от 4000000 до 8000000 UZS
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: Нет опыта

UsmonDigital – B2B yo'nalishiga ixtisoslashgan tizimli reklama agentligi. Biz shunchaki reklama sozlamaymiz, balki chuqur tizimlilik, yunit-ekonomika va qat'iy sifat standartlari (SLA, SOP) asosida mijozlarimiz biznes ko'rsatkichlarini o'stirishga xizmat qilamiz.

Biz biznesni o'zimizning axloqiy va diniy tamoyillarimizga qat'iy rioya qilgan holda quramiz va Islomda taqiqlangan sohalar (alkogol, qimor o'yinlari, sudxo'rlik va shunga o'xshashlar) bilan ishlamaymiz.

Sizning vazifalaringiz:

  • Mentor nazorati ostida reklama kampaniyalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash.

  • Kalit so'zlarni batafsil o'rganish ва semantikani yig'ish.

  • Texnik topshiriqqa muvofiq reklama e'lonlari uchun matn va sarlavhalar yozish.

  • Tayyor strategiya asosida Google Ads va Yandex.Direct interfeyslarida kampaniyalarni sozlash.

  • Kundalik nazorat ishlarini bajarish: stavkalarni boshqarish, minus-so'zlarni qo'shish va reklama maydonlarini tozalash.

  • Mijozlar uchun haftalik va oylik hisobotlarni agentlik andozalari (shablonlari) asosida to'ldirish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:
  • Kontekst reklama va digital-marketing asoslari bo'yicha boshlang'ich bilimlar.

  • Rus tilini yuqori darajada bilish (C1/C2) — reklama kabinetlari, matnlar va hisobotlar bilan ishlash uchun majburiy shart.

  • Agentlikning ichki reglamentlari, yo'riqnomalari (SOP) va ish intizomiga qat'iy rioya qilish madaniyati.

  • Analitik fikrlash, raqamlar bilan ishlashga qiziqish va yangi vositalarni tez o'rganish salohiyati.

Biz nima taklif qilamiz:
  • B2B segmentiga yo'naltirilgan va aniq strategik maqsadlarga ega agentlikda ishlash.

  • Professional o'sish: shaffof karyera va greydlar tizimi.
  • Avtomatlashtirilgan va tartibli ish jarayonlari (ActiveCollab, SOP, Google Drive, Google Workspace).

Murojaat qilish tartibi:

Vakansiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali maxsus Google Forma so'rovnomasini to'ldiring va rezyumeingizni yuklang.

Anketa topshirish uchun havola: https://forms.gle/wZQfDziG7jvKogxT8

Eslatma: So'rovnomadagi barcha savollarga to'liq javob bermagan nomzodlarning arizalari ko'rib chiqilmaydi.

Адрес: Ташкент, улица Алишера Навои, 44

 

Откликнуться на вакансию

Дата
13.07 14.07
USD
2.8696 2.864
EUR
3.2797 3.2737
RUB
3.7472 3.7336
CNY
4.2301 4.2219
CHF
3.557 3.5393
GBP
3.8485 3.8348
PLN
7.5426 7.5715
Минск
Ночью: °C
Утром: °C
Днем: °C
Вечером: °C

Сейчас: Скорость ветра: 5-7 м/c Атм. давление: 758 мм.рт.ст Влажность: 90%

Спецпредложения