Город: Ташкент
Занятость: Полная, 5/2
Опыт работы: От 1 года до 3 лет
Al Muamalat Consulting ishga taklif qiladi
Lavozim: Islomiy moliya bo‘yicha mutaxassis (Associate)
Toshkent | Ofisda | To‘liq stavka
Al Muamalat Consulting Toshkentdagi jamoasini kengaytirmoqda. Ushbu lavozim konsalting loyihalarida ishtirok etish, islomiy moliya bo‘yicha hujjatlar hamda treninglarni tayyorlash va o‘tkazishda jamoaga yordam berishni nazarda tutadi. Lavozim 1–2 yil ish tajribasiga ega yosh mutaxassislar uchun mos.
Asosiy vazifalar:
- Bank ichki hujjatlarini (siyosatlar va nizomlarni) yangi tahrirda ishlab chiqish
- Islomiy moliya mahsulotlari yuridik hujjatlarini muvofiqlashtirishda ko'maklashish
- Islomiy moliya mahsulotlari bo'yicha buxgalteriya o'tkazmalarni muvofiqlashtirishda ko'maklashish
- Tadqiqot va hujjatlar tayyorlash (taqdimotlar, hisobotlar, qisqa tahlillar)
- Islomiy moliya mahsulotlari bo‘yicha materiallar tayyorlash
- Maxsus Kengash ko‘rib chiqishi uchun hujjatlar tayyorlash
- Uchrashuvlar bo‘yicha qaydlar yuritish va vazifalar bajarilishini kuzatish
- Treninglarni tashkil etishda ishtirok etish (jadval tuzish, ro‘yxatga olish, aloqa)
- Zoom va Microsoft Teams orqali mashg‘ulotlarni yuritishda yordam berish
- O‘quv materiallari, davomat va fikr-mulohazalarni yuritish, sertifikatlarni tayyorlash
Talablar va afzalliklar:
— Moliya, iqtisodiyot, biznes yoki huquq yo‘nalishida oliy ma’lumot (Bakalavr)
— Islomiy moliya bo‘yicha dastlabki bilim
— AAOIFI sertifikatlari yoki ularga tayyorgarlik
— Bank yoki konsalting sohasida boshlang‘ich tajriba
— O‘zbek va ingliz tillarini yaxshi bilish (rus va arab tili ustunlik hisoblanadi)
— Word, Excel va PowerPoint bilan professional ishlay olish
— Zoom va Microsoft Teams’dan foydalana olish
— Mas’uliyatli, tartibli va muloqotga ochiq bo‘lish
Ariza topshirish:
Telegram orqali bog‘lanish
Адрес: Ташкент, проспект Мустакиллик, 59
Похожие вакансии